Ovchilik xo’jaligi
Ovchilik xo’jaligi (O’zbekiston Respublikasida) -mamlakatdagi ovchilik maydonlarini qo’riqlash, tiklash va undan foydalanish bilan shug’ullanadigan xo’jalik. Ovchilik xo’jaligi hukumat qarori bilan tashkil etiladi. O’zbekistonda ov qilinadigan joylar «O’zbekovchibaliqchi uyushmasi» tasarrufida. Maydoni 708698 gektar (2003). 40 ta Ovchilik xo’jaligiga shartnoma asosida biriktirib qo’yilgan. Tog’li mintaqalardagi Ovchilik xo’jaligilari ixtiyorida 360 ming gektar maydon bor. Eng yiriklari Baxmal-Zomin, G’ova-Olmos, Sangzordon, Qurama, Beldorsoy Ovchilik xo’jaligilari. Kaklik, bedana, ular, quyon, to’ng’iz, bo’rsiq va boshqalar ovlanadi. Cho’ldasht va suvli yerlardagi Ovchilik xo’jaligilari daryolar va suv omborlari atrofida tashkil etilgan: Aydar, Arnasoy, Zarafshon, Oqtepa, Sariqamish, Sirdaryo, Qoraqir, Janubiy Surxon, Sharqiy Arnasoy va boshqalar. Umumiy maydoni 348 ming gektardan ortiq. Bu xo’jaliklarda yana har xil baliqlar va turli suv qushlari, shuningdek, ko’chmanchi qushlar ovlanadi. Ovchilik xo’jaliklari faoliyati xo’jalik hisobi asosida olib boriladi. Ovshunoslar va egerlar xo’jalik ishlaridan tashqari biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi: qishda yovvoyi hayvonlar va qushlarni qo’shimcha ovqatlantirish, sun’iy inlar va uyalar qurish, daraxt va buta ko’chatlari o’tqazish va parvarish qilish ishlari bajariladi. Bir yilda 2 marta hayvonlar va qushlarning miqdori hisobga olinadi, ularning populyatsiyasiga zarar yetkazmasdan ovlash tadbirlari (otiladigan, tutiladigan hayvon va qushlar soni) belgilanadi.