Magnit gidrodinamika

Magnit gidrodinamika — elektr o’tkazuvchan suyuqlik, gaz, plazma va suyuq metallarning magnit maydondagi harakati haqidagi fan; gidrodinamika va klassik elektrodinamikaning birlashuvidan rivojlangan fizika bo’limi. Plazma (ba’zan Magnit gidrodinamikaga plazma fizikasining bo’limi sifatida qaraladi), suyuq metallar va elektrolitlar Magnit gidrodinamika uchun xos bo’lgan ob’yektlardir. Magnit gidrodinamika bo’yicha birinchi tadqiqotlar M. Faradey zamoniga oid; fanning mustaqil sohasi sifatida esa Magnit gidrodinamika astrofizika va geofizika talablari bilan bog’liq ravishda 20-asrda rivojlana boshladi. Ko’plab kosmik ob’yektlar (masalan, Quyosh, pulsarlar) kuchli magnit maydonlarga (bir necha ming E va undan ko’p) ega ekanligi aniqlandi. Magnit maydon energiyasining zichligi plazma zarralari kinetik energiyasining zichligi bilan taqqoslanarli bo’lib qolganligi (yoki undan oshishi) sababli, bunday maydonlarda joylashgan plazmaning dinamik tabiati radikal o’zgaradi. Aynan ushbu mezon kuchlanganligi yu-3 — 10~5e (yulduzlararo fazo, yer maydonining atmosferaning yukrri qismida va undan tashqarida) bo’lgan magnit maydonlar uchun ham (agar zarralar kontsentrasiyasi ular egallagan sohalarda kichik bo’lsa) o’rinlidir. Magnit gidrodinamikaning asosiy holatlarini X. Alven ifodalagan. U o’tkazgich muhitning magnit maydondagi Alven to’lqinlari deb nom olgan, o’ziga xos to’lqinsimon harakatlari mavjud bo’lishini bashorat qilgan. Kosmik plazmaning tabiati haqidagi fan sifatida shakllana boshlagan Magnit gidrodinamika usullari yer sharoitidagi o’tkazgich muhitlarga ham yo’naltirildi. 20-asrning 50-yillari boshida Magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi boshqariluvchi termoyadro sintez muammolari bo’yicha milliy dasturlar tadqiqotlarining (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya) rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Bu muammodagi muhim masala plazma tokining magnit maydon bilan ta’sirlashishi asosida plazmani idish devoriga tegishidan saqlashdir. Magnitogidrodinamik generatorlar, plazma tezlatkichlar, plazma dvigatellar (yuritkichlar) va boshqalar. Magnit gidrodinamikaning texnikada keng qo’llanilishiga misoldir. Ad.Alven G., Fel txam Mar K. G., Kosmicheskaya elektrodinamika [Per. S angl.], 2 izd., M., 1967.