Mansurov Dilshod Ismatovich
Mansurov Dilshod Ismatovich (1983.12.12, Toshkent viloyati, Keles shahri) — erkin kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. «O’zbekiston iftixori» (2001). Mansurov 9 yoshidan boshlab Nurlan Jaqsilikov murabbiyligida erkin kurash bilan shug’ullanadi. Toshkent iqtisodiyot universiteti talabasi (2003). Butunjahon o’smirlar o’yinlari g’olibi (1998, Moskva), yoshlar o’rtasida Osiyo chempioni (2001, Dexli), ikki karra jahon chempioni (2000, Nansi; 2001, Toshkent). 55 kilogramm vazn toifasida Osiyo chempioni oltin medalini qo’lga kiritdi (2002, Pusan).