Mansarda

Mansarda (Fransuzcha mansarde) — bino chordog’idagi xona, boloxonaning bir turi. Baland va tik nishabli tomlarda yuqorisi qiyalama va pasti tikka qilib qurilgan. Mansarda foydali qo’shimcha xona yaratish va bino hajmini boyitish va unga go’zallik, salobatlilik bag’ishlash maqsadida quriladi. Frantsuz me’mori Fransua Mansar va uning nevarajiyani, shogirdi J. Arduen-Mansar loyihasi asosida (nomi ham shundan) yaratilgan. Dastlab Frantsiyada kurila boshlagan. Hozir bir qavatli xususiy turar joy va dala hovli binolari qurilishida Mansarda loyihasidan foydalanilmoqda.