Manba

Manba — daryoning boshlanish (suv oladigan) joyi (muzlik, qorlik, buloq, botqoqlik). Ko’pincha, Manba deb oqimning doimiy o’zani boshlanadigan joyga aytiladi. Ko’p sonli Manbaga ega bo’lgan daryo sistemasida uzoqroqdagisi va eng sersuvlisi bosh Manba hisoblanadi. Ba’zida daryoning bosh o’zani va uning Manbasi turli nomlarda bo’lishi mumkin, masalan, Amudaryo — Panj va Vaxsh daryolari, Sirdaryo — Norin va Qoradaryo, Zarafshon — Mastchoh va Fondaryolarning qo’shilishidan hosil bo’ladi.