Malpigi naychalari
Malpigi naychalari — ko’pchilik o’rgimchaksimonlar, ko’poyoqlilar va hasharotlarning chiqarish organlari. O’rta va orqa ichak chegarasida joylashgan uchi berk o’simtalar. O’rgimchaksimonlar va ko’poyoklilarda 1 juft, to’g’ri qanotli hasharotlarda 120 juftgacha, pardaqanotlilarda 150 juftgacha Malpigi naychalari bo’ladi. Ular muskul qavatlari yordamida qisqaradi. O’rgimchaksimonlar Malpigi naychalari, ko’pincha, guanin, hasharotlar va ko’poyoqlilar Malpigi naychalari siydik kislota chiqaradi. Suv hasharotlarida Malpigi naychalari. Osmo-regulyatorlik vazifasini bajaradi.