Makon

Makon (arxeologiyada) — tosh va jez davrida yashagan ibtidoiy odamlarning mavsumiy, vaqtinchalik boshpanasi yoki doimiy, davriy turar joyi. Qadimgi tosh davri Makonlari g’or va ungurlarda (teshiktosh, Obirahmat va boshqalar) buloq bo’ylarida (Ko’lbuloq va boshqalar) joylashgan bo’lib, ular ajdodlarimizning uzoq muddatli boshpanasi hisoblanadi. Mezolit davridan boshlab tabiiy-geografik tsharoitni o’zgarishi bilan (buyuk muzliklar davridan so’ng) ajdodlarimizning Makonlari daryo va ko’l yoqalarida qad ko’taradi va ko’proq mavsumiy xarakter kasb etadi, ishlab chiqaruvchi xo’jalik, birinchi navbatda, dehqonchilik kashf etilishi bilan Makonlar o’troq qabilalarning doimiy turar joyiga aylangan va ular asosida keyinroq qishloq va shaxarlar tarkib topgan.