Holat tenglamasi

Holat tenglamasi — sistemaning muvozanatli holatini ifodalovchi parmetrlarning o’zaro bog’lanishini ko’rsatuvchi matematik tenglik. Masalan, aniq t massaga ega bo’lgan ideal gazning muvozanatli holati R bosim, V hajm, T temperaturadan iborat makroskopik parametrlar orqali to’la ifodalanadi. Parametrlardan biri, masalan, hajmning o’zgarishi, albatta bosim va temperatura yoki ulardan birining o’zgarishiga olib keladi. Holat tenglamasiga misol tarzida ideal gaz uchun Klapeyron — Mendeleev tenglamasini keltirish mumkin: bunda M — gazning molyar massasi, ya — gaz doimiysi. Suyuqliklar va qattiq jismlar Holat tenglamasilarini olish uchun ularni tashkil etuvchi molekulalarning ilgarilama, aylanma va tebranma harakatlari hamda molekulalar orasidagi o’zaro ta’sirlari to’la o’rganilgan bo’lishi kerak. Guk qonunidat elastiklik modulning temperatura va bosimga bog’liqligi qattiq jismlar uchun Holat tenglamasi hisoblanadi.