Hurlimon
Hurlimon (1861 — Mo’ynoq tumani Qozoqdaryo ovuli — 1906) — qoraqalpoq shoira-baxshisi, xalq orasida «Baxshi qiz» laqabi bilan mashhur bo’lgan. Berdaqning qizi. Adabiyot va san’atga yoshligidan qiziqqan. Otasidan ko’plab qo’shiq va dostonlar o’rgangan. Navoiy, Mahtumquli va boshqalarning asarlarini mutolaa qilib, ularga ergashib, she’rlar yozgan. Hurlimon «Bozirgon», «Oshiq Nansab», «Davlatyorbek» kabi dostonlarni Xorazm vohasida kuylab yurgan. «Bet ochar», «Yor-yor» kabi marosim qo’shiqlarini mahorat bilan ijro etgan. Hurlimonning qo’shiq va dostonlari qoraqalpoqlar va Xorazm aholisi orasida keng tarqalgan. Uning ijodi Q.Ayimbetov va Q.Maqsetov tomonidan tadqiq qilingan.