Hulbuk

Hulbuk — Xuttalon viloyatining o’rta asrlardagi Markaziy shahri (6— 16-asrlar). Yunon-Baqtriya manbalarida Hulbissa, Xitoy manbalarida («tanshu») «Kolo-Kyan» nomi bilan qayd etilgan. Qizilsuv daryosining so’l sohili (Tojikiston)da joylashgan. Mirzatepa o’rnida bo’lgan degan taxminlar mavjud. 10-asrda Hulbuk gavjum shahar bo’lib, ko’plab rustoqlarga ega edi. Hulbukda Xuttalon hokimi qarorgohi bo’lsada u Sag’oniyon markazidan kichik edi. Shahardagi turar joylar paxsadan qurilgan. Jome masjidi shahar o’rtasida joylashgan. Hulbukda 9-12-asrlarda kumush dirhamlar chiqaradigan zarbxona bo’lgan. 16-asrda Xuttalon Ko’lob deb atalgan, Hulbuk o’rnida esa Qal’ai Zamm joylashgan. La.Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaznchnnm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.