Harom qoravoy

Harom qoravoy — qoravoylar oilasiga mansub qush. Sharqiy yarim sharning shimoliy-Sharqiy Yevropa va Sibirdan boshqa hamma joylarida keng tarqalgan. Og’irligi 3 kilogrammgacha, qanoti 33-38 santimetr. Yetuk individlari yashil-binafsha metalldek yaltiraydi. Boshining pastki qismida yarim-oysimoy oq dog’i bor. Urchish davrida ensasida uzun ingichka patlar paydo bo’ladi. Harom qoravoy — monogam qush. Koloniya bo’lib, suv havzalari qirg’og’idagi qoyalarga, qamishlar orasiga va daraxtlarga uya quradi. 5-6 ta tuxum qo’yib, nari va modasi navbat bilan 28— 30 kun bosadi. 12-13 haftadan so’ng yosh qushlar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Asosan, baliqlar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo’jaliklariga ziyon yetkazadi. Ovchilik ahamiyatiga ega emas.