Panfilovchilar

Panfilovchilar — 2-jahon urushi davrida Moskva mudofaasida jasorat kursatgan I.V.Panfilov qo’mondonlik qilgan 316-o’qchi diviziyasi askarlari. Asosan, O’rta Osiyo xalkdari (jumladan, o’zbeklar)dan tashkil topgan diviziya 16 noyabrda Volokolamsk tosh yo’li orqali Moskvaga yorib o’tmoqchi bo’lgan fashistlarning bir necha hujumlarini qaytargan. Shu kuni Dubosekovo raz’yezdi yonida turli millat vakillaridan iborat 28 jangchi 50 ta nemis fashistlari tankiga qarshi jang qilgan. 4 soatlik jangda dushmanning 18 ta tanki va ko’plab askarlari yanchib tashlangan, dushman Moskvaga o’ta olmagan.