Pamflet

Pamflet (inglizcha pamphlet — qo’ldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy voqelik, u yoki bu to’da hamda guruhlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy-tanqidiy publitsistik asar. Pamflet boshqa hajviy janrlardan badiiy to’qimaning ozligi, aniq hujjatlarga, tarixiy hujjatlarga asoslanishi bilan farq qiladi. Pamfletda jamiyatdagi, turli shaxslar xarakteridagi nuqsonlar achchiq kinoya, o’tkir sarkazm vositalari bilan fosh etiladi. Pamfletning ilk namunalari antik davrda yaratilgan. Pamfletlar ko’pincha kichik xajmdagi asarlar (maqola, ocherk va boshqalar tarzda) bo’lgan. Keyinchalik katta hajmdagi badiiy asarlar ham Pamflet usulida yaratildi (J. Svift «Gulliverning sayohatlari» romani, B. Brexptning «Mister uining martabasi» pyesasi va boshqalar). Pamflet janr sifatida Reformatsiya davrida shakllandi (M.Lyuter, Erazm Rotterdamskiy). 19-20-asrlarda V. Gyugo, E. Zolya, G. Mann, L. N. Tolstoy va boshqa Pamfletlari keng tarqaldi. O’zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy («lahmi Kadid», «Sanamparast tentaklar»), G’afur G’ulom («Sharaf qo’lyozmasi»), Abdulla Qahhor («Baron Fon Ring») Pamfletlari ma’lum.