Palestrina

Palestrina (Ralestrina), Jovanni Perluiji da Palestrina (taxminan 1525, Rim yaqinidagi Palestrina shahri — 1594.2.2, Rim) — italyan kompozitori, Rim polifonik maktabi asoschisi, Uyg’onish davri musikasining yirik namoyandasi. 1544-51 yillari Palestrina shahridagi cherkov xor kapellasida organchi va kapelmeyster, so’ngra Rim kapellalarining musiqa rahbari. Ijodi asosini diniy xor asarlari tashkil etadi (jami 100 dan ortiq messa, 180 ga yaqin motet, o’nlab madrigallar, magnifikatlar va boshqalar). Ko’p ovozli vokal musikaning mumtoz namunalarini yaratgan. Musiqa uslubiga polifoniya va garmoniya vositalarining o’zaro uyg’unligi, orombaxsh kuylar ravonligi, mushohadali va samimiy obrazlarning ichki muvozanati xos.