Hamidov Husniddin

Hamidov Husniddin (1935.5.1, Chimboy tumani) — qoraqalpoq tilshunosi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993), Filologiya fanlari Doktori (1990). Qoraqalpog’iston pedagogika instituti rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). Chimboy tumani maktablarida o’qituvchi (1955 — 59). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining N. Dovqoraev nomidagi til va adabiyot institutida kichik, katta ilmiy xodim (1960-71; 1983— 86), bo’lim boshlig’i (Sharq qo’lyozmalari bo’limi, 1971— 83; mumtoz qoraqalpoq adabiyoti va Sharq qo’lyozmalari bo’limi, 1986-89; qoraqalpoq tili tarixi, dialektologiyasi va qo’lyozmalar bo’limi, 1989 yildan). Hamidovning ilmiy ishlari asosan qoraqalpoq tilining tarixiga — uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, so’z yasalishi masalalariga bag’ishlangan. Hamidov, shuningdek, Sharq qo’lyozmalarini to’plash, izohlash va nashrga tayyorlash ishlari bilan ham shug’ullanib keladi. As: Qoraqalpaq tili tariyxning ocherklari, Nokis, 1974; eski qaraqalpaqtilinin jazba estelikcheri, Nokis, 1985; Karakalpakskiy yazik XIX — nachala XX vv. po dannim pismennix pamyatnikov, T., 1986; rukopisnoe nasledie Berdaxa, Nukus, 1995.