Papirus

Papirus (Cyperus papyros) — 1) bardidoshlarga mansub ko’p yillik o’t. Gulli novdalari 5 metrgacha, A. Uch qirrali, io’g’on, pastki qismi tangachasimon barglar bilan qoplangan; vegetativ novdalardagi barglar ingichka, lantsetsimon. To’pguli yirik, soyabonsimon. Afrika tropiklarining daryo va ko’l sohillaridagi tinch oqar suvlarda o’sadi. Manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi; 2) qadimda va ilk o’rta asrlarda Papirus poyalaridan tayyorlangan yozuv materiali. Shu materialga yozilgan qo’lyozmalar ham «Papirus» deb atalgan. Papirus matnlarini papirologiya, misrshunoslik, semitologiya fanlari o’rganadi.