Haqberdiyev Abdurahimbek Asadbek o’g’li
Haqberdiyev Abdurahimbek Asadbek o’g’li [1870.16(28).5, Shusha — 1933. 12.12, Boku] — Ozarbayjon yozuvchisi. Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1928). Peterburg untitutini tugatgan (1899). 1906 yildan «Mulla Nasriddin» jurnalida ishlagan. Ilk asari — «buzilgan xonumon» (1896). «Baxtsiz yigit» tragediyasi (1900) va «og’a Muhammad shoh Kajar» (1907) tarixiy dramasida 18-asrdagi Eron hukmdorining fojiasi orqali adolatsiz tuzumning halokati tasvirlangan. «Mamadi Mo’zalanbekning sayohati», «do’zaxdan maktublar», «Mening marallarim», «daraxt soyasida», «Xotin-qizlar bayrami», «podshohning muhabbati» va boshqa asarlar muallifi. «Ozarbayjon teatri tarixidan» (1924) ocherki va «M.F.Oxundovning hayoti va ijodi» (1918) monografiyasi (1918) ham bor. «Buzilgan xonumon», «baxtsiz yigit» kabi pyesalari Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston teatrlarida ham qo’yilgan. Haqberdiyev ijodi o’zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o’ynagan.