Meniskli teleskop
Meniskli teleskop — astronomik kuzatishlar uchun mo’ljallangan optik asbob. Asosiy qismlari — menisk va botiq sferik ko’zgu. Barcha optik sirtlari sferik shaklga ega. Meniskli teleskopning optik qismlari barcha optik tasvir buzilishlari (aberrasiya) ni bartaraf etishi tufayli yuqori sifatli va keng ko’lamli tasvirlarni hosil qiladi. Meniskli teleskop fotografik teleob’yektiv vazifasini ham o’tashi mumkin. O’z Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida ko’zgusining diametrik 1500 millimetr bo’lgan Meniskli teleskop o’rnatilgan.