Melamin

Melamin (2,4,6-triamino — 1,3,5- tri azid ), S3N6T6 — rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 126,13. Suyuqlanish temperaturasi 364°, zichligi 1571 kg/m3. Sovuq suv va ko’pgina organik erituvchilarda erimaydi. Melamin sanoatda ammiak muhitida disiandiamidni 180-500° gacha qizdirib olinadi. Melamin melamin-formaldegid smolalar, ion almashinuvchi smolalar, korroziya ingibitorlari olishda, xlormelaminlar antiseptik va oqartiruvchi vositalar sifatida qo’llanadi.