Megreliya
Megreliya — Gruziyadagi tarixiy viloyat. Aholisi megrellardan tashkil topgan. 17-asrda Megreliya sharqda Sxenis-Sxali daryosi, Janubda Rioni va Kodori daryolarigacha cho’zilgan edi. Biroq 17-asr oxiri — 18-asr boshida abxazlar Kodori daryosidan Enguri (Ingur) daryosigacha bo’lgan hududni bosib olishgan va uni qisman kolonizasiya qilishgan. Hozirgi Megreliya Sxenis-Sxali daryosidan Enguri daryosigacha bo’lgan hududni qamrab oladi. 16-19-asr boshlarida Megreliya mustaqil knyazlik bo’lgan.