Mautxauzen

Mautxauzen (Mauthausen) — gitlerchi fashistlar konslageri. 1938 yilda Avstriyadagi Mautxauzen shahri yaqinida Daxau konslagerining «filiali» sifatida tashkil etilgan. 1939 yil Martdan — mustaqil lager. 1938-45 yillarda Mautxauzenda ko’plab mamlakatlardan keltirilgan 335 ming kishiga yaqin mahbuslar saqlangan. Ularning 122 mingdan ortig’i (shu jumladan, 32 mingdan oshiq sovet fuqarosi) qatl etilgan va qiynab o’ldirilgan. 2-jahon urushidan so’ng Mautxauzen o’rnida muzey tashkil qilingan. Mautxauzenda qiynab o’ldirilgan sovet Generali D. M. Karbishevga 1948 yil Fevralda haykal o’rnatilgan.