Matnazar Jabbor o’g’li

Matnazar Jabbor o’g’li (1906- 1977, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — o’zbek xalq baxshisi. Qoraqalpoq Jirovi Qurbonboy Tojiboy o’g’lining shogirdi. Shuning uchun ham uning repertuarida Xorazmda tarqalmagan «Alpomish», «Qurbonbek», «Shirin bilan shakar» kabi dostonlar mavjud. U mazkur dostonlarni Xorazm dostonchilik an’analariga moslashtirgan. Xalq dostonlarini qo’bizda ijro etgan. Undan yozib olingan «Qorako’z oyim» dostoni nashr etilgan (1967).