Oktan soni
Oktan soni — karbyuratorli inki yonuv dvigateli yonilg’ilarining detonatsiyaga turg’unligini ifodalaydigan ko’rsatkich. Yonilg’ining Oktan soni etalon yonilg’i aralashmasiga taqqoslab aniqlanadi. Etalon yonilgi sifatida izooktan (2, 2, 4-uch metilpentan) va geptan aralashmasi qabul qilingan. Izooktanning detonasiyaga turg’unligi 100, normal geptanniki nol deb olingan. Etalon yonilg’i aralashmasidagi izooktanning foizlardagi miqdori sinaladigan yonilg’ining Oktan sonini belgilaydi. Yonilg’ining Oktan soni qancha katta bo’lsa, detonatsiyaga moyilligi shuncha kichik bo’ladi. Avtomobillarda Oktan soni 66-98 ga teng benzin, siqish darajasi yuqori bo’lgan dvigatellarda Oktan soni yuqori benzinlar ishlatiladi.