Oksiprolin

Oksiprolin (gidroksiprolin, 4-gidroksipirolidin -2-karbon kislota) — aminokislota, rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 131,13. 4 ta optik faol stereoizomerlari mavjud. L-O.ning suyuqlanish temperaturasi 274°. Suvda, etanolda oz eriydi. Biriktiruvchi to’qimalardagi oqsillar — kollagen (13% gacha), shuningdek, elastin tarkibiga kiradi. L-O — almashtirib bo’lmaydigan aminokislota, biosintez jarayonida peptid zanjirga qo’shilmaydi, prolin qoldiklarining fermentativ gidroksillanishida hosil bo’ladi. Oksiprolinning organizmdagi metabolizm maqsulotlari — pirrol -2-karbon va glutamin kislotalar. Kollagen va boshqa oqsillarning gidrolizatorlaridan olinadi. L-O.ni ilk bor 1902 yilda nemis olimi E. Fisher jelatindan ajratib olgan.