Kshatriylar, rajanlar
Kshatriylar, rajanlar — qadimgi Hindistondagi tabaqa (Varva). Kshatriylar hind- eroniy qavmlarning harbiy demokratiya bosqichi va sinfiy jamiyat shakllanishi davrida oriy qabilalarida vujudga kelgan. Quldorlik davlatlarida Kshatriylar qabila harbiy zodagonlarini tashkil etib, siyosiy va iqtisodiy hukmron mavqeni egallaganlar. Varvalar tizimi bo’linishi davrida Kshatriylar tabaqasi qisman imtiyozli mavqeini saqlab qolgan, lekin mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi natijasida uzil-kesil tugatilgan. O’rta asrlarda Kshatriylar faqat an’anaviy tushuncha sifatida saqlangan. Masalan, Kshatriylar deb, qadimgi Varna bilan vorislik aloqasi bo’lmagan harbiy-mulkdor tabaqa — rajputlar kastasi atalgan.