Ko’krak

Ko’krak — gavdaning yuqori (odamda) yoki oldingi (ko’pchilik umurtqali hayvonlarda) qismi; yuqoridan to’sh suyagi dastasining tepa qirrasi, birinchi qovurg’alarning tepa yuzalari, orqadan birinchi ko’krak umurtqalari, ikki yonboshdan 12-qovurg’alar, oldindan to’sh suyakning o’sig’i bilan chegaralib turadi. Ko’krak tananing bo’yin b-n qorin bo’shlig’i o’rtasidagi bo’limi bo’lib, uni muskullar va teri qoplab olgan. Ko’krak jismoniy mehnat va badan tarbiya bilan shug’ullangan odamlarda yaxshi rivojlangan. Bolalarda piramida shaklida, ayollarda erkaklarga nisbatan kaltaroq bo’ladi.