Katta qullar ko’li
Katta qullar ko’li, katta Asirlar ko’li — Kanadaning shimoliy- g’arbiy qismidagi ko’l, 150 metr balandlikda. Maydoni 28,6 ming km2, chuqurligi 150 metrgacha, uzunligi 480 kilometr. Ko’l o’rni muzlik va tektonik harakat natijasida vujudga kelgan. G’arbiy sohili past, igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan, Sharqiy va shimoliy sohili sertepa, o’simlik kam. Sharqiy qismida Orol ko’p. Ko’lga qullar daryosi, Xey va boshqa daryolar quyiladi; Makenzi daryosi oqib chiqadi. Oktabrdan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Shimoliy sohilida oltin konlari bor. Ko’l sohilida Yellounayf, Fort- Rezolyushen portlari joylashgan.