Katta yugan
Katta yugan — Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi daryo. Ob daryosining chap irmog’i, yugan daryo tarmog’iga quyiladi. Uzunligi 1063 kilometr, havzasining maydoni 34700 km2. Vasyuganya botqoqliklaridan boshlanadi; G’arbiy Sibir tekisligidan oqib o’tadi. Eng katta irmog’i kichik yugan (o’ngda). Havzasida, umumiy maydoni 545 km2 bo’lgan 8000 ga yaqin ko’l bor. Asosan, erigan qor suvlaridan to’yinadi. Oktabr— noyabrda muzlaydi, aprel oxiri — may oyi boshlarida muzdan bo’shaydi. Yog’och oqizishga qulay. Kuplan-deevi pristanidan boshlab kema qatnaydi.