Karvon

Karvon (forscha) — 1) uzoq, joylarga yuk va odam tashuvchi, qator bo’lib ketayotgan hayvonlar (tuya, eshak, xachir, otlar), aravalar va ularni boshkaruvchi shaxslar guruhi, qatori. Karvon uzilib qolmasligi uchun eng oldingi va oxirgi hayvonga qo’ng’iroq osib qo’yilgan; 2) o’zaro yordam va xavfsizlikni ta’minlash uchun birga qo’shilib yo’lga chiqqan yo’lovchilar, sayyohlar yoki elchilar guruhi. Karvonni karvonboshi boshqargan; 3) Daryo Karvoni — o’zi suza olmagani uchun qator qilib shatakka olingan kemalar (barja, Sollar); 4) uzoq masofalarga maxsus yuk tashib beradigan kemalar birikmasi; ketma-ket ketayotgan yoki ketma-ket turgan bir necha kema.