Kaprichchio, kapris
Kaprichchio, kapris (italyancha capriccio — injiqlik) — erkin shakldagi, ohanglari to’satdan o’zgaradigan virtuoz uslubidagi cholg’u musiqa asari (N. Paganinining yakka skripka uchun «24 Kaprichchio»va boshqalar). 16-asr oxiri — 17-asr boshida polifonik musiqa asari sifatida paydo bo’lgan. Ko’p Kaprichchiolar xalq kuylariga asoslanadi (masalan, N. Rimskiy-Korsakovning «Ispancha Kaprichchio»si, P. Chaykovskiyning «Italyancha Kaprichchio»si, Kaprichchio Sen-Sansning «Arabcha Kaprichchiosi» va boshqalar). O’zbekiston kompozitorlaridan M. Bafoyev «Xorazmcha Kaprichchio”, T. Qurbonov «M. Ashrafiy xotirasiga Kaprichchio», A. Ergashev «Sharqona Kaprichchio»yaratgan.