Otaliq

Otaliq — 1) Kavkaz xalqlari, keltlar, arablar va boshqalarda badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash uchun vassallar yoki xizmatkorlarga berish. Farzand ma’lum yoshga yetganda oilasiga qaytgan; 2) saljuqiylar davri (1038-1194)da Sulton e’tiborini qozongan kishilarga berilgan mansub. Otaliq «ota o’rniga ota» degan mazmunga ega bo’lib, uning vazifasi Shahzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog’atga yetgunlariga qadar boshqarishdan iborat bo’lgan. Tarixda ba’zi Otaliqlar hokimiyatni o’z qo’llariga olgan hollar ham bo’lgan. Chunonchi, Ashtarxoniylar davrida Balhtsa Mahmudbiy otaliq (18-asr boshlari), mang’itlar davrida Buxoroda Muhammad Rahim otaliq (1753— 58) hokimiyatni egallagan.