Oqma

Oqma — organ va to’qimalardagi patologik jarayonlar oqibatida paydo bo’lib, uzoq vaqt bitmaydigan teshik yaralar, yo’llar; tananing ichkarisidagi to’qimalardan yoki ichki a’zodan teriga (tashki Oqma) yoki to’qimalardan ichak, qin singari kovak a’zoga (ichki Oqma), yo bo’lmasa bir a’zodan boshka a’zoga, masalan, qizilo’ngachdan bronxga, qovukdan ichakka (a’zolararo Oqma) ochilgan bo’ladi. Oqma tug’ma bo’lishi ham mumkin (masalan, kindik yarasi). Ko’pincha yiring boylash va uning yorib chikishi bilan davom etadigan yallig’lanish jarayonlari, masalan, osteomielit, shu jumladan, sil osteomieliti ham Oqma deb ataladi. Uzoq davom etadigan yallig’lanishlar Oqmaning bitishiga to’sqinlik qiladi; Oqmaning bittasi bitib tuzalsa, ikkinchisi ochiladi. Bemor, asosan, operasiya qilinadi. Biror sababga ko’ra operatsiya qilish mumkin bo’lmasa, uyda parvarish qilinadi, bunda Oqmaga qo’yiladigan bog’lovni almashtirib turish, vrach buyurganlarini bajarish lozim.