Oxunboboyev
Oxunboboyev (1976 yilgacha — So’fiqishloq) — Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shahar (1976 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Gurunchmozor. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 25 kilometr. Oxunboboyevdan Andijon — Xonobod magistral yo’li o’tgan. Aholisi 20,8 ming kishidan ziyod (2003). Oxunboboyevda. paxta tozalash, podshipnik zavodlari, momiq fabrikasi, Makka saralash korxonasi, MTP, Andijon-Telekom bo’limi, «Jalolquduq—sharob» vino ishlab chiqarish korxonasi, 2 ta novvoyxona, Paxtabank, Hamkorbank, Tadbirkorbank bo’limlari, dehqon bozori bor. 5 umumiy ta’lim maktabi, litsey, gimnaziya, qishloq xo’jalik kasb-hunar va ijtimoiy- iqtisodiy pedagogika kollejlari, madaniyat va istirohat bog’i, Xotira xiyobonida «Motamsaro ona» haykali, Markaziy kutubxona, muzey, stadion, kasalxona, Markaziy, bolalar va stomatologiya poliklinikalari, tug’ruqxona, tibbiy tez yordam hamda sanitariya epidemiologiya markazlari faoliyat ko’rsatadi.