Ochiq bozor
Ochiq bozor — tovarlarning boshqa yerdan erkin keltirilib va chegaralanmagan miqdorda oldi-sotdi qilinishi. Xalqaro bozor o’z tabiati bilan Ochiq bozor, unda xamma mamlakatlar qatnasha oladi. Ochiq bozor xorij mollari uchun ochiq bo’lgan milliy va davlatlararo (mintaqaviy) bozordir. Ochiq bozor boj to’lovi bilan himoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmay oqib keladi. Ochiq bozor ayrim tovarlarga nisbatan ham qo’llaniladi. Milliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, boshqasi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq bozorning o’ziga xos muayyan sharoitlari ham bor. Yevropa Ittifoqi bozori unda ishtirokchi mamlakatlar uchun to’la ochiq, lekin boshqa mamlakatlar uchun qisman ochiq.