Oq akatsiya, soxta akatsiya
Oq akatsiya, soxta akatsiya (Robinia pseudoacacaia L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub daraxt turi. Bo’yi 20-30 metr. Bargi uzun bandli, uzunligi 10-25 santimetr, patsimon murakkab; har bir bargi 5-12 juftgacha yaproqchali. Gullari oq, hidli, shirali, to’pguli shingilsimon. Dukkagi tuksiz, uzunligi 5-7 santimetr. Aprelning oxiri — mayning boshida gullaydi, oktabrda meva tugadi. O’rta Osiyoda manzarali (asalli) daraxt sifatida Park va hiyobonlarga ekiladi, qurg’oqchilikka va sho’rga chidamli bo’lgani bois tog’yonbag’irlarini va adirlarni o’rmonlashtirish uchun ko’paytiriladi. Yog’ochi pishiq. Duradgorlikda ishlatiladi.