Oqiziqlar

Oqiziqlar — Daryo oqimlari bilan birga suv omborlari, kul va dengizlarga oqib keladigan mineral va organik zarrachalar. Oqiziqlar daryo uzani, jarlik va soylarning oqar suvlar, daryo havzalaridagi jinslarning yomg’ir va erigan qor suvlarida yuvilishidan xrsil bo’ladi. Tabiiy sharoitlarda Oqiziqlarning katta-kichikligi tog’ daryolarida bir necha o’nlab santimetrgacha borishi mumkin (shag’al va xarsanglar). Suvdagi Oqiziqlar miqdori uning loyqalik darajasini belgilaydi, kg/m3, g/m3, mg/l va %da o’lchanadi. O’rta Osiyoning tekisliklaridan oqadigan daryolarida loykalik darajasi yuqori (Amudaryoda 4,6, Sirdaryoda 2 kg/m3 gacha). Suvdagi harakatiga qarab Oqiziqlar muallaq (suv ichida suzib yuruvchi) va suv osti (suv ostida o’zan bo’ylab sirg’alib siljiydigan) turlarga bo’linadi. Suvning oqim tezligiga qarab suv osti Oqiziqlar muallaq holatga o’tishi va aksincha bulishi mumkin. Ayniqsa, toshqin va tulin suv vaqtida Oqiziqlar juda jadal hosil buladi. Ma’lum vaqt ichida (oy, yil) oqimning jo’shqin kesimi orqali o’tuvchi Oqiziqlar miqdori daryoning qattiq oqimi (t/ oy, t/yil) deyiladi. O’rta Osiyo daryolarining qattiq oqimi juda katta miqdorni tashkil etadi. Masalan, Amudaryo yiliga 300 million tonnagacha Oqiziqlar keltiradi. Oqiziqlarni va qattiqoqimni urganish gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ishlatishda katta ahamiyatga ega. Oqiziqlar chp’kishi natijasida suv olish inshootlarining xizmat muddati qisqaradi, kanallarning suv o’tkazish imkoniyati va suv omborlarining sig’imi kamayadi. Masharif Boqiyev.