Otaboyev Qayg’isiz Sardorovich
Otaboyev Qayg’isiz Sardorovich (1887, Zakaspiy viloyati Tajan uezdi — 1937, Moskva) — davlat va jamoat arbobi. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi (1920-22). Toshkentdagi o’qituvchilar seminariyasini tugatgan. 1917 yilgacha Mari shahrida o’qituvchi, bank xodimi bo’lib ishlagan. Marv Soveti ijroiya komiteti raisi o’rinbosari va raisi (1917-19). 1920 yilda Otaboyev Toshkentga chaqirildi va Turkiston ASSR hukumati raisligiga tayinlandi. U sho’rolar davrida «bosmachilik» nomini olgan harakat aslida Turkiston xalklarining milliy ozodlik qarakati ekanligini tushunib etgan va uni harbiy kuch bilan bostirishga qarshi chiqqan. Samarqand viloyatida kizil armiyaga qarshi kurashayotgan Bahrombek qo’rboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani va uni qamoqqa olmaganligi sababli lavozimidan bo’shatildi va «qayta tarbiyalanish» uchun Moskvaga yuborildi (1922). 1923 yil yozida BXSR Nozirlar Sho’rosi raisining 1-o’rinbosari. O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgach, Turkmaniston SSR XKSning 1-Raisi (1925 yil Fevral). Otaboyev Moskvada qamoqqa olingan (1937 yil 11 iyun) va «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. Keyinchalik oqlangan. Ashxobodda haykali o’rnatilgan (1967). Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; O’zbegim, T., 1992.