Ortikon
Ortikon (Yunoncha orthos — to’g’ri va ekion — tasvir) — yorug’lik signallarini elektr impulslariga aylantirib beradigan uzatuvchi televizion trubka. Amerika muhandislari A. Roz va X. Yams taklif qilishgan (1939). Uzatilayotgan tasvir Ortikon nishoniga, ya’ni — ob’yekt tomondan yarim shaffof elektr o’tkazuvchi qatlam (signal plastinka) bilan, elektron projektor tomondan mayda donachali fotoaktiv qatlam (mozaik fotokatod) bilan qoplangan yupqa shisha plastinkaga proektsiyalanadi. Hosil bo’lgan yorug’lik signali plastinka zanjirida videosignalga aylanadi. Ortikon yoritilganlik yetarli bo’lmagan sharoitda tasvirlarni televideniye orqali uzatishda ishlatiladi. Ancha takomillashgan Ortikon superortikon deb ataladi.