«Orzigul»

«Orzigul» — o’zbek xalq ishqiy-romantik dostonlaridan. Islom shoir Nazar o’g’lidan yozib olingan. Dostonning bosh qahramoni Orzigul xalqning eng yaxshi fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan, adolat yo’lida kurash olib boruvchi ayol obrazidir. Orzigul hayoti, kurashi o’sha davrning ijtimoiy masalalari bilan bog’lab talqin qilinadi. Orzigul bilan Suvonxon muhabbati barcha to’siqlarni engishga qodir qudratli kuch sifatida namoyon bo’ladi. Asarda Orzigul, Suvonxon va dono cho’ponning Qoraxon podsho qo’shinlari ustidan g’alabasi adolat va haqiqatning ro’yobga chiqishi, zulmat ustidan yorug’lik tantanasi sifatida aks ettirilgan.