Nyuton binomi
Nyuton binomi — ikki qo’shiluvchi yig’indisining ixtiyoriy butun musbat darajasini qo’shiluvchilar darajalari yig’indisi ko’rinishda ifodalovchi formula. Binomial koeffitsientlari arifmetik uchburchak tashkil qiladi. Nyuton binomi formulasi I. Nyutondan ancha avval ham ma’lum bo’lgan. Masalan, Umar Xayyom (11 — 12-asrlar), Jamshid Koshiy (14-15-asrlar) binomial koeffitsientlarni hisoblash qoidasini bilganlar. I. Nyuton esa binom yoyilmasini ixtiyoriy ko’rsatkich uchun umumlashtirgan. Nyuton binomi matematik analiz, sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi va boshqa sohalarda muhim ahamiyatga ega.