Nyu-bransuyk
Nyu-bransuyk — Kanadaning Sharqiy qismidagi provintsiya, Atlantika okeani sohilida, maydoni 72,9 ming km2. Aholisi 756,6 ming kishi (2002), aksari qismi frantsuz-kanadaliklar. Ma’muriy markazi — Frederikton shahri. Aholisining katta qismi shaharlarda yashaydi. Nyu-bransuykning yer yuzasi qir va pasttekislikdan iborat. Hududining 75% o’rmon. Foydali qazilmalardan mis, nikel, qo’rg’oshin, rux, kumush rudalari konlari bor. Yog’och tilish, tsellyuloza- qog’oz sanoati rivojlangan. Nyu-bransuyk hududiga dastlab, 1604 yilda frantsuzlar borib o’rnashgan. 1794 yildan Buyuk Britaniya mustamlakasi, 1867 yildan Kanada tarkibiga kirgan.