Nukleozidlar
Nukleozidlar — tarkibida purin yoki pirimidin asosi va riboza yoki dezoksiriboza uglevodi bo’lgan glikozidlar. Nukleozidlar nukleotidlarning nukleotidaza fermenti bilan parchalanishidan kelib chiqadi. Barcha tirik organizmlardagi nuklein kislotalar va nukleotidlar tarkibida bo’ladi. Nukleozidlarning nomi uning molekulasiga kiradigan asosga qarab, Masalan, adenin bo’lsa, adenozin, guanine bo’lsa, guanozin va hokazolar deb ataladi.