Nokaut
Nokaut (inglizcha knock — zarba, out — chetlatish) — raqibining bergan zarbasi tufayli bokschining bosh aylanishi, garangsirash, ba’zan hushini yo’qotish holati. Nokaut holatiga tushgan sportchi jangni davom ettira olmaydi. Boks uchrashuvi davomida raqiblardan birining olgan jarohatidan qrn ketishi to’xtamasa, hakam tibbiyot xodimlari xulosasiga ko’ra, unga nisbatan «texnik Nokaut» e’lon qilishi va uchrashuvni tuxtatishi mumkin. Jangni Nokaut bilan yutqazgan bokschiga, odatda, kamida 3 oygacha musobaqalarda qatnashishga ruxsat etilmaydi.