Nebitdog’
Nebitdog’ — Turkmanistondagi shahar (1946 yildan, 2000 yildan Bolxonobod), Bolxon viloyati markazi. Katta Bolxon tizmasi etaklarida joylashgan. Turkmanboshi — Mari yo’nalishidagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 89,1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Nebitdog’ 1933 yilda neft-gaz qazib olish munosabati bilan vujudga kelgan (nomi shundan: neftli tog’), neft-gazli rayon markazi. Mexanika, yod zavodlari va boshqalar, gilamchilik korxonalari, GRES, o’lkashunoslik muzeyi bor.