Nasriddinov Latif
Nasriddinov Latif (1918 — Toshkent — 1943) — 20-asr o’zbek rangtasvirchi rassomlaridan. Toshkent rassomlik bilim yurtida ta’lim olgan (1934— 38). Natyurmort, portret janrida ijod qilgan. Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Rassom asarlarida shaxslar o’ychan holatda tasvirlangan («ota portreti», 1938 va boshqalar), bo’yoq qatlami qalin ishlatilgan hamda puxta va pishiq yotqizilgan, tasvir shakli va ranglar jozibali va ifodali bo’lishi vositasida badiiy obrazlar yaratishga erishgan («Ona» portreti, 1940; «Avtoportret», 1942 va boshqalar). Natyurmortlar, lavhalar, «Layli va Majnun uchrashuvi», «Layli iztirobi», «Majnun sahroda», «majnun o’limi» kabi kompozisiyalar yaratgan. Asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.