Nant

Nant — Frantsiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Atlantika Luarasi departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 277,7 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Luara daryosi bo’yidagi port (yiliga 20 million tonnadan ortiq yuk ortib-tushiriladi): chetdan neft, fosforit, o’rmon maxsulotlari va boshqalar keltiriladi; neft mahsulotlari, mashinalar, g’alla, un, o’g’itlar chetga chiqariladi. Metallurgiya, mashinasozlik, xususan, kemasozlik va samolyotsozlik rivojlangan. Kimyo, qog’oz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, nafis san’at, xalq va Bretani san’ati muzeylari mavjud. Me’moriy yodgorliklardan 12-19-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.