«Namanganskaya pravda»
«Namanganskaya pravda» («Namangan haqiqati») — Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Namangan shahrida rus tilida haftada 1 marta chiqadi. Dastlab «Izvestiya namanganskogo Sovdepa» («Namangan deputatlari kengashi xabarlari», 1917— 20), «rabochiy put» («ishchi yo’li», 1920-21), «Udarnik» («Zarbdor», 1934— 45), «zakommunizm», («kommunizm uchun», 1941-58) nomlari bilan nashr etilgan. 1958 yildan hozirgi nomda. Gazetada ijtimoiysiyosiy, ma’naviy-madaniy hamda bozor islohotlariga oid taxliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, undagi maxsus rubrikalarda san’at va adabiyot haqidagi xabarlar, ijodkorlarning asarlari muntazam chop etib boriladi. Adadi 1000 ga yaqin (2003).