Ndola
Ndola — Zambiyaning shimoliy-g’arbiy qismidagi shahar. Kopperbelt provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 380 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Mis mintaqasining savdo markazi. Dorussalom —Ndola neft quvurining so’nggi punkti. Mamlakat rangli metallurgiya sanoatining asosiy markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, shina zavodlari, oziq-ovqat, metallsozlik, tsement, mebel sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Shaharga 1902 yilda asos solingan.