Nazr
Nazr (Arabcha — so’z berish, va’da qilish) — Islom qonunshunosligida biror savobli ishni bajarishga axd qilish yoki muayyan narsani din yo’lida hadya qilish haqida dindorning o’z-o’ziga va’dasi. Islomda Nazrga tashiqot yo’q. Ammo, Nazr qilgan odam uni bajarishi shart hisoblanadi. Agar bajarmasa bir vojib amalni tark etgan hisoblanib, og’ir gunohkor bo’ladi. Keyinchalik xalq o’rtasida Nazr so’zi hayr-sadaqa, ehson qilish ma’nolarida ham ishlatila boshlagan (masalan, masjid, mozor yoki tilanchiga Nazr berish kabi). Islomga ko’ra, Nazr imkoni bor kishi uchun vojib. Moddiy yoki jismoniy jihatdan bajarishga qodir bo’lmagan odam Nazr qilmasligi lozim.