Nagalar

Nagalar — Hindistondagi xalqlar guruhi (AO, sema, angama va boshqalar). Nagalend shtatining asosiy aholisi. Manipur va Assom Shtatlari, shuningdek, Myanma (100 ming kishidan ko’p)ning qo’shni rayonlarida yashaydilar. Umumiy soni 2 million 150 ming kishi (2000). Naga tilida so’zlashadi. Dindorlarining bir qismi xristian (asosan, Baptist) lar, qolganlari an’anaviy liniy e’tiqodlarga rioya qiladilar. Hindiston hukumati 1957 yil Nagalarni Assom shtati tarkibidan chiqarib, uni Tuensanga — «naga tog’lari» deb nomlanuvchi markazga bo’ysunuvchi hududga aylantirishga qaror qildi, 1963 yil esa Nagalend («nagalar mamlakati») shtati barpo etildi.